Yuklanmoqda...
Markaz tarixi

Biz kimmiz va vazifalarimiz
Markazning to'liq tarixi va bo'limlari
1974-yil 1-oktyabrda Toshkent shahrida 2-sonli tug'ruqxona negizida O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi va SSSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 23-avgustdagi 418-sonli qaroriga binoan O'zbekistonda birinchi tug'ruqqa yordam beruvchi va bir vaqtning o'zida ta'lim-ilmiy muassasa - Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu muassasa homilador ayollar va yangi tug'ilgan chaqaloqlarga yordam berish hamda akusherlik, ginekologiya, perinatologiya va anesteziologiya-reanimatologiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun mo'ljallangan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentyabrdagi "Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari to'g'risida"gi PF-3923-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktyabrdagi "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-700-son qaroriga muvofiq, institut mustaqil ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi maqomini oldi.
Bugungi kunda Markaz 500 o'rinli statsionar, zamonaviy poliklinika, ilmiy va ta'lim bo'linmalarini o'z ichiga olgan yirik ilmiy-amaliy tibbiyot majmuasidir.


