Bo'lim O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda O'zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya xizmati muassasalari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qiladi va nazorat qiladi.
Hozirgi vaqtda bo'lim tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
- Tug'ilish va perinatal o'lim, kattalar o'limi to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnomalarni Sog'liqni saqlash vazirligi va FHDYo (O'zMedInfo, IT-med) elektron bazasida ro'yxatdan o'tkazish.
- Imtiyozli bemorlar/homiladorlar kontingenti hujjatlarini ro'yxatga olish, olingan hujjatlarni viloyatlar, nozologiyalar, bo'limlar bo'yicha taqsimlash. Imtiyozli bemorlar kontingenti bo'yicha oylik reestr, hisobotlar, yarim yillik va yillik hisobotlarni tayyorlash.
- Kasallik varaqalari, ma'lumotnomalar berish, ularni ro'yxatdan o'tkazish, mehnatga layoqatsizlik varaqalari sarfi bo'yicha yillik hisobot tayyorlash.
- Markaziy davlat arxivining "Arxivlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish, ish yuritish va hujjatlarni saqlash bo'yicha tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq hujjatlarni taqsimlash va arxivlashtirish.